Xalq orasida Odilboy deb ataluvchi yirik tadbirkor, “Zeromaks” shirkatining bosh ijrochi direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqarilgan. Manbalarning yetkazishicha 4 dekabr kuni soat 11larda Jalolov sud zalidan ozod etilgan va Toshkentdagi hovlisiga jo‘nab ketgan, deya yozadi Sof.uz.
Intenet tarmog‘ida tarqalgan sud ajrimi nusxasida “Sudlanuvchi Djalolov Mirodil Sabitovichga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilsin va unga nisbatan munosib xulq-atvorli bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilsin. Djalolov Mirodil Sabitovich darhol sud zalida qamoqdan ozod qilinsin” deb yozilgan.
2010 yilda iqtisodiy jinoyatlar sodir etganligi aybi bilan qamoqqa olingan Mirodil Jalolov Shveysariyada qayd etilgan yirik "Zeromax" kompaniyasi rahbari sifatida ish olib borgandi. U shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.