2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 4,4%) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi, deb yozadi Kun.uz.
Eksport tarkibida tovarlar 76,9% ulushga ega, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,4%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6%), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2%) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Xizmatlar eksporti hajmi 1981,3 mln. AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 23,1%ini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,0%ga o‘sganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.
Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 36,5%ini tashkil qiladi.