Bilasizmi?

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan boj miqdori tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb yozadi kun.uz.

Hujjatga asosan, xorijga chiqish pasportini olish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 120 foizini tashkil qiladi (243 276 so‘m).

16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 80 foizini tashkil qiladi (162 184 so‘m).

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi (202 730 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, yangi pasport to‘q qizil rangda va 48ta sahifadan iborat bo‘ladi. Uni olish uchun fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishi, ish joyi, o‘qish joyi yoki mahalliy boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadigan anketa-arizani topshirishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi fotosurat, pasport nusxasi, harbiy bo‘limdan ma’lumotnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun) ham taqdim qilinadi.