28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o‘tkaziladigan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qiladi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Yig‘ilishda yangi yilga nom berilishi ham kutilmoqda.
Prezident 2017 yilning 22 dekabrida ham Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida parlamentga murojaat qilgan, yig‘ilish jonli efirda namoyish etilgandi.
Prezidentning o‘tgan yilgi murojaatnomasi 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangandi.