Bilasizmi?

O‘zbekiston milliy termasining yangi formasi taqdimoti o‘tkazildi (foto)

Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi - 2019 da maydonga kiyib tushadigan yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Milliy terma jamoaning yangi formalari Germaniyaning Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. 

O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov ma’lum qilishicha, kompaniya milliy terma jamoa a’zolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilsa, qolgan terma jamoalarga 50 foizli chegirma asosida formalar yetkazib beriladi. 

Yetkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida mashg‘ulot o‘tkazish va maydonda harakat qilishga mo‘ljallangan libos va aksessuarlar mavjud. 

Jako kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, milliy terma jamoa Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko‘rib chiqiladi, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Olim Arifov.