Qarshi tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori F. Norqobilov o‘z xizmat xonasida pora olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining "Sof.uz"ga xabar qilishicha, u S. O‘tkirovani markazga ingliz tili to‘garagi rahbari vazifasiga ishga qabul qilish uchun 850 ming so‘m talab qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tuman sudining hukmiga ko‘ra, u ta’magirlik yo‘li bilan pora olganlikda (Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan) aybdor deb topildi, uning ozodligi cheklandi hamda qo‘shimcha jazo tariqasida muayyan huquqlardan mahrum etildi.