Bilasizmi?

Xitoyning eng badavlat kishilaridan biri 25 yoshlilarga maslahat berdi

Seuldagi konferensiyada yosh yigit moliyaviy holati 22,2 milliard dollarga baholanuvchi Alibaba Group asoschisi Jek Maga savol bilan murojaat qildi: "Hozir 25 yoshda bo‘lib, endigina biznesni boshlayotgan bo‘lganingizda nimalar qilgan bo‘lardingiz?"

Osiyoning eng qimmatbaho internet-kompaniyasining yaratuvchisi bu savolga qanday javob bergani haqida "Ahnjin Yoo" ma’lumot berdi.

1. Imkon izlang Imkon hamma yerda bor. Hozir barcha insonlar internet - bu kelajak ekanligi haqida gapirishmoqda. Taxminan 10 yilcha avval internet odamlarga ajoyib tuyulardi, chunki u to‘g‘risida hech kim bilmas edi. Endilikda internet murakkablashib bormoqda, chunki hamma aqlli kishilar shu yerda. Shu bois siz real sektorga chiqishingiz kerak.

2. Texnologiyalarni qo‘llang Agar siz restoran ochishni istasangiz, uning boshqalardan ajralib turishi uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llang. Agar sartaroshxona ochish niyatida bo‘lsangiz, IT-texnologiyalar va data'dan foydalaning - barchadan ajralib turishga harakat qiling. Texnologiyalarni nafaqat hi-tech, balki hamma joyda qo‘llash mumkin.

3. Kengroq fikrlang "Qarshi tomonini" o‘ylang. Biror narsaga aksariyat o‘z roziligini berayotgan paytda bir daqiqaga o‘ylaning: bu to‘g‘rimikan? Aslida ham shunday qilish kerakmikan? Hamma bir narsaga qarshi chiqqan bir paytda ham fikrlab ko‘ring. Ehtimol, ular nohaqdir? Balki bu yerda yashirin imkoniyatlar bordir?!

4. Xavotirlanmang Agar yoshingiz 25da bo‘lsa - xavotir olmang. Yo‘l qo‘ygan har qanday xatoingiz - siz uchun ulkan saboq.

5. Shoshilmang Men o‘zim uchun yosh avlodga so‘zlab beradigan "sxema"mni  belgilab oldim: 20 yoshgacha — talaba bo‘ling. Tadbirkorlikka shoshilmay turing, avval bilim oling. 30 yoshgacha — kimgadir ergashing. Kichik jamoada ishlab ko‘ring. Katta kompaniyalar ham yaxshi tajriba - u yerda siz jarayonni o‘rganasiz, katta tizimning bir bo‘lagi bo‘lib ko‘rasiz. Biroq kichik kompaniyada siz o‘z ishingiz uchun qayg‘urish va orzu qilish, shuningdek ko‘plab vazifalarni bajarashni o‘rganasiz. 30 yoshgacha qaysi kompaniyada ishlashingiz emas, qaysi rahbardan ish o‘rganganingiz muhimdir. Yaxshi rahbar sizga muhim narsalarni o‘rgatadi. 30 yoshdan 40 yoshgacha  — agar siz haqiqatdan ham tadbirkor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga ishlaysiz. 40 yoshdan 50 yoshgacha — o‘zingiz yaxshi uddasidan chiqadigan ish bilan shug‘ullaning, boshqa manzillarni ko‘zlamang, yangi soha uchun biroz kech. Diqqatingizni o‘zingizning eng yaxshi yutuqlaringizga  qarating. 50 yoshdan 60 yoshgacha — yoshlarning qo‘lida ishlang, chunki ular ko‘p narsalarni sizlardan yaxshiroq uddalashadi. Shu bois ularga o‘rgating, ularga sarmoya kiriting. 60 yoshdan keyin — vaqtni o‘zingiz uchun sarflang, sizni sohillar va quyosh kutmoqda.

6. Xatolarga yo‘l qo‘ying Mening 25 yoshlilarga maslahatim — yetarlicha xatoga yo‘l qo‘ying. Xavotir olmang. Siz yiqilasiz va ko‘tarilasiz, yana yiqilasiz - ko‘tarilasiz. Bundan zavqlanib yashang, yoshligingiz va hayotingizdan bahra oling.

Manba: Kun.uz