Toshkent shahrida tajriba tariqasida Yevropa standartidagi biohojatxonalar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Top Business kompaniyasi, uning direktori va asoschisi Davron Abdullayev poytaxtda Yevropa sifatidagi avtomatlashtirilgan jamoat hojatxonalari tarmog‘i, shuningdek, dam olish uchun o‘rindiqlar o‘rnatish bo‘yicha loyihani taqdim etdi.
Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z navbatida Toshkentning sayyohlar ko‘p bo‘ladigan manzillarida tajriba tariqasida 10 ta shunday avtomatlashtirilgan hojatxona o‘rnatishni taklif qildi. Shuningdek, mazkur loyiha muhokamasini davom ettirishga qaror qilindi.