Toshkentda 30 apreldan 7 maygacha erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha 2017 yilgi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
Osiyo birinchiligi doirasida medallardan tashqari, 25 avgustdan 4 sentyabrga qadar Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga 60 ta litsenziya ham o‘ynaladi. 10 ta vazn toifasining (49 dan 91 kg dan ortiqgacha) har biri bo‘yicha 6 nafardan eng yaxshi bokschilar JCh-2017 da ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
Avvalgi JCh-2015 Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilib, O‘zbekiston termasi ikkita oltin, beshta kumush va bitta medal jamg‘argan holda umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni band etgan edi. O‘shanda g‘oliblik Qozog‘iston termasiga (5−1−1), uchinchi o‘rin esa mezbonlarga (2−0−0) nasib etgan.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston o‘smirlar o‘rtasida 2015 yilgi Osiyo chempionati, Jahon boks seriyasi WSB va AIBA Pro Boxing musobaqa loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.