Men vatan uchun jon bermoqlikdan ham oliy jasorat va mardlikni ko‘rmadim.
Natan Hel
Tinch va osoyishta yashayotgan kishi bilganlari va ko‘rganlarining hammasini ham vaysashdan tiyilishi lozim.
Benjamin Franklin
Tinchlikning yo‘qligi – bir-birimizga bog‘liqligimizni unutganimizdan dalolat.
Tereza Ona
O‘zingdan bo‘lak hech kim senga tinchlikni olib kelmaydi.
Ralf Uoldo Emerson
Tinchlik va adolat bir tanganing ikki tomonidir.
Duayt D. Eyzenxauer
Tinchlik tabassumdan boshlanadi.
Tereza Ona
Tinchlikka zo‘ravonlik bilan erishilmaydi. Uning hayotimizdagi ahamiyatini anglash orqali uni saqlab qolish mumkin.
Ralf Uoldo Emerson
Tinchlik – bu tinchlik uchun mukofot.
Mohandas Gandi
Tinchlik – bu osoyishtalikdagi erkinlikdir.
Sitseron
Notinchlikda tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Tinchlikni asrash qushqo‘nmas tikanaklari orasidan mevasini terish degani. Men bu masalaga qanchalik chuqur yondashsam, ich-ichimda qat’iy bir xulosa tug‘iladi: “Tinchlikni asrash – bosh insoniy burch!
Mahatma Gandi Tinchlik – bu urushning yo‘qligi emas, idrokning ezgulikka yo‘g‘rilganidir. Tinchlik – bu bag‘rikenglik, ishonch va adolat degani.
Barux Spinoza
Qachonki muhabbat kuch-qudrati kuch-qudratga nisbatan muhabbat ustidan g‘olib kelsa, shundagina dunyo tinchlikdan bahramand bo‘ladi.
Jimi Xendriks
Tarix hech qachon yaxshi urush yoki yomon tinchlikka shohid bo‘lmagan.
Benjamin Franklin Tinchlik ich-ichimizdan boshlanadi. Undan tashqarida emas.
Budda Yaxshi vatanparvar bo‘lish uchun kimningdir ashaddiy g‘animiga aylanish qayg‘ulidir.
Volter
Millatchilik – bu insoniyat badanidagi qizamiqdir.
Albert Eynshteyn
Vatanparvarlik ilohiydir. Ko‘r-ko‘rona fidoyilik esa urushlarning urug‘idir.
Gi de Mopassan
Yurt – bu muayyan yer, tog‘lar yoki daryolar degani emas. Bu sevilishi lozim bo‘lgan zamindir. Bu sevgining asosi esa vatanparvarlik bo‘lmog‘i kerak.
Jorj Uilyam Kurtis
Tinchlikning zafarlari urushning g‘alabasidan shavkatlidir.
Mahatma Gandi