Bilasizmi?

Ruhshunoslar 5 xil fe’l-atvorli odam borligini aniqlashdi

Inson shaxsiyati uning ijtimoiy yoki siyosiy tanlovlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson do‘st tanlaydimi, biror masalada kimga yoki nimagadir ovoz beradimi, barchasida shaxsiy sifatlar muhim o‘rin egallaydi.

Shaxsiyatni anglash esa ichki kuch-qudratni yaxshiroq bilish, ojizlikni bartaraf qilishga yordam beradi. Bu o‘z navbatida boshqalarning biz haqimizdagi fikrlarini ham shakllantiradi.

Zamonaviy ruhshunoslik dunyoda 5 xil omilga ega shaxsiyat turlari bo‘lishini aniqladilar.

  1. Vijdonli

Shaxsiyatida vijdon ustun bo‘lgan odamlar ishda ham, hayotda ham sermahsul yashaydilar, tashabbuskor va ishonchni qozonganlar toifasiga mansublar, ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari doimo yuqori va barqaror bo‘ladi.

Bu shaxsiyatga ega insonlar barcha narsani oldindan reja qiladilar va yuqori natija sari intiladilar.

Shaxsiyatida vijdon omili kam insonlar hayotda juda o‘jar va o‘ziga suv yuqtirmas bo‘ladi.

Ruhiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, vijdonli odam bilan turmush qurgan er yoki xotin o‘z ishida muvaffaqiyat qozonar ekan. Ayniqsa, vijdonli rafiqaga ega bo‘lish kasb-korda ham, ro‘zg‘orda ham barakaning bo‘lishini ta’minlar ekan.

  1. Ekstravert

Ekstravert fe’l-atvorga ega kishilar o‘z ichki olamlari bilan emas, tashqi olamdagi omillar, boshqalarning fikri bilan hisoblashadilar. Shu sababli ham, ular ijtimoiy faol bo‘ladilar va yon-atrofdagi voqealarga aralashib, o‘zlari ham bundan quvvat oladilar. Ular juda kirishimli va so‘zga chechan bo‘lishadi. Odamlar diqqat-e’tiborida bo‘lish ular uchun juda muhim. Ular boshqalarning kщziga takabbur va e’tibor talab kishilar bo‘lib ko‘rinadilar.

Ruhiy tadqiqotlar o‘tkazilganida shu dalil ma’lum bo‘ldiki, ekstravert kishilar qo‘l siqishib so‘rashganlarida ikkinchi tomonning bilagini qattiqroq siqishni yaxshi ko‘rishadi. Bu o‘z navbatida, ularning asab tizimlaridagi nosozlikdan ham dalolat beradi. Bu ilmiy asos faqat erkak ekstravertlarga tegishli.

  1. Murosasoz

Murosasoz kishilar ishonuvchan, mehribon va boshqalarga xayrixoh bo‘lishadi. Ulardagi ijobiy xislatlar, boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish, g‘amxo‘rlik qilishga bo‘lgan mayl sabab murosasozlar ko‘pincha ko‘ngilli sifatida xayr-saxovat ishlariga tez-tez jalb qilinadi. Murosaszolar boshqalar nazdida go‘l yoki sodda, haddan tashqari passiv shaxs bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

O‘tkazilgan ruhiy tadqiqot va izlanishlar murosasozlik omili yuqori bo‘lgan investor va tadbirkorlar tavakkalchilik qilsa ham, foyda ko‘rishlarini ko‘rsatmoqda. O‘ziga haddan tashqari ishongan tadbirkorlarning esa ko‘pchiligi aynan mana shu fe’li, ya’ni o‘iga bino qo‘ygani tufayli kasodga uchrar ekan.

  1. Tili va dili bir ochiq odamlar

Ochiq-oshkora odamlar keng dunyo qarash va tasavvurga ega bo‘ladilar. Ayniqsa, ularda yaratuvchan va ijodkorlik omillari yuqori bo‘ladi. Ular juda qiziquvchan va har qanday ishga yangicha usul hamda fikrda yondashishni yaxshi ko‘rishadi.

Ochiq ko‘ngil odamlarning sa’y-harakati o‘z-o‘zlarini kashf qilish doirasida bo‘ladi. Ular xorijda yashab, yoki ruhiy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lib, o‘zlaricha umrguzaronlik qiladilar. Boshqalar nazdida bu shaxsiyatga ega kishilar tez o‘zgaruvchan va maqsadsiz bo‘lib tuyilishi mumkin.

Ruhiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, shaxsiyatlar ichida ochiq va oshkora odamlar siyosiy jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmasiga ega yagona shaxsiyat egalari ekanlar.

  1. Nevrotik

Nevrotik odamlarda hissiy noustuvorlik, ya’ni o‘zgaruvchanlik eng yuqori darajada bo‘ladi.

Ular juda reaktiv fe’l-atvorga ega bo‘lib, tez ta’sirlanadilar va jahl qiladilar. G‘azab va nafratdan bo‘lak hissiy xususiyatlar bu turdagi odamlarda kuzatilmaydi. Bu kabi shaxsiyat egalarida g‘azab va nafratlanish hissi yuqori bo‘ladi. Boshqalar nazdida ular beqaror va xavfli odamlar bo‘lib taassurot qoldiradi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida olib borilgan so‘nggi ruhiy yo‘nalishdagi izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, nevrotik odamlar ijtimoiy tarmoqlarga o‘z suratlarini e’lon qilishni yaxshi ko‘radilar. Ular ortiqcha bahs-munozaradan qochib, shaxsiy fikr yoki biror postni e’lon qilishdan cho‘chiydilar.

 

Shaxsiyatni anglash

Insondagi shaxsiyat atrof-muhit yoki tarbiya ta’sirida 7 yoshgacha shakllanib bo‘lgan bo‘ladi hamda deyarli o‘zgarishsiz qoladi.

Aksariyat ruhshunos va olimlar inson shaxsiyatiga xos ba’zi bir xususiyatlarni o‘zgartirishi ham mumkinligini aytishmoqda. Katta o‘zgarishlar qilish uchun esa muntazam harakat qilish kerak bo‘ladi.