1. Amerikalik 19 yoshli Virjiniya Tresher Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining ilk oltin medalini 10 metrga pnevmatik miltiqda otish musobaqalarida qo‘lga kiritdi.
2. Belgiyalik Greg van Avermayet erkaklar o‘rtasidagi velo-poygada mutlaq g‘oliblik nashidasini surmoqda.
3. Argentinalik Paulo Pareto dzyudo musobaqalarining 48 kg.gacha ayollar o‘rtasidagi kurash finalida Janubiy koreyalik Bokyong Jongni mag‘lub etdi.
4. Vetnamlik Huan Vinh Hong pnevmatik miltiqdan 10 metrga otish bo‘yicha chempion bo‘lib, muxlislariga bo‘sa yo‘lladi.
5. Rossiyalik dzyudochi Beslan Mudranov 60 kg erkaklar o‘rtasidagi kurashda unga boy berib qo‘ygan qozoq polvonini yupatmoqda.
6. Vengriyalik Emiz Szazs qilichbozlik janglarida erishgan oltin medali shukuhini raqibi bilan bo‘lishmoqda.
7. (Chapdan o‘ngga) Janubiy Koreya vakillari -- Vujin Kim, Bonchan Ku, Seunyung Li kamonbozlik bo‘yicha tengsiz ekanliklarini isbotlab, boshqalarga medal qoldirishmadi.
8. Tailandlik og‘ir atletikachi Sopita Tanachan 48 kg.gacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
9. Yaponiyalik Kosuke Hagino erkaklar o‘rtasida 400 metrga popurri uslubida suzish bo‘yicha tengsiz ekanini namoyish qildi.
10. Avstraliyalik suzuvchi Mark Horton erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin uslubda suzish bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.
11. Vengriyalik Katinka Hosszu ayollar o‘rtasida 400 metrga popurri uslubida suzish bo‘yicha jahon rekordini yangilab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
12. Avstraliya jamoasi 4x100 metrga suzish bo‘yicha umumiy hisobda o‘zining tengsiz ekanini isbotlab, mamlakatni Rio-2016 reytingida 1-o‘ringa olib chiqdi.