Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilari o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Fazliddin G‘oibnazarov yarim final jangini o‘tkazdi.
Kun.Uz'ning yozishicha, possiyalik Vitaliy Dunaysevga qarshi jang qilgan hamyurtimiz irodali jang qilib hakamlar bahosiga ko‘ra g‘alaba qozondi va finalga chiqdi. Yakuniy hisob 2:1 (28:29, 30:27, 29:28).
Fazliddin 1/16 finalda kongolik Malonga Dzalamouni, 1/8 finalda esa hindistonlik Manoj Kumarni, 1/8 finalda esa amerikalik Garri Russelni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fazliddin G‘oibnazarov boks bellashuvlarining finaliga yo‘llanma olgan Hasanboy Do‘stmatov, Shahram G‘iyosov hamda Bektemir Meliqo‘ziyev va Shahobiddin Zoirovdan keyin beshinchi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga aylandi. Uning finaldagi raqibi germaniyalik Artem Xarutyunyan va ozarbayjonlik Sotomayor Gollazo Lorenzo o‘rtasidagi jangda aniqlanadi.
Bu bilan barcha o‘zbekistonliklarni, shu jumladan Fazliddinni 16 yildan buyon shug‘ullantirib keladigan, ayni vaqtda uning ishtirokini O‘zbekistonda turib kuzatayotgan Abror Tursunpo‘latovni tabriklaymiz.