Bilasizmi?

Rio-2016: Bektemir Meliqo‘ziyev O‘zbekiston hisobiga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi

Final jangida Meliqo‘ziyev kubalik Arlen Lopesga mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbek bokschisi Bektemir Meliqo‘ziyev Rio Olimpiadasining boks musobaqasida 75 kg.gacha vazn toifasida kumush medal sohibi bo‘ldi. Final jangida u kubalik Arlen Lopesga yengildi, deb Uz24.Uz yozmoqda.

Shu tariqa Bektemir O‘zbekiston terma jamoasi uchun ikkinchi kumush medalini olib berdi.

Eslatib o‘tamiz, delegatsiyamiz hisobiga ilk kumush medalni bokschi Shahram G‘iyosov taqdim etdi.