Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev ushbu shifoxona sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon o‘tib bo‘lganini ta’kidladi.
"Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga o‘tkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham bo‘ladi, sifat ham ta’minlanadi", - dedi Prezident.
Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu yerga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mazkur gospital o‘tgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda klinika qariyb 16 gektar maydonni egallagan.