Salomatlik

OChL: “Lokomotiv”ning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasining chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonning yagona vakili Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" klubi bilan o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Chorak finalga belgilangan o‘yinlar joriy yilning 23-24 avgust va 13-14 sentbr kunlari bo‘lib o‘tadi. "Temiryo‘lchilar" ilk o‘yinni 23 avgust kuni safarda o‘tkazsa, javob uchrashuvi 13 sentyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p so‘rayotgan Qatarning “Al-Jaish” jamoasi BAAning yana bir jamoasi “An-Nasr” klubi bilan to‘qnash keladi.

Sharqiy mintaqadagi ikki o‘yinda Xitoy va Janubiy Koreya klublari o‘zaro kuch sinashadi.  Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Janubiy Koreyaning “Chonbuk motors” jamoasi bilan, “Seul” klubi esa “Shandong Luneng” jamoasi bilan uchrashadi.

G‘arbiy mintaqa klublari

OChL, chorak final (23-24 avgust va 13-14 sentyabr) "AL-AYN" (BAA) — "LOKOMOTIV" (O‘zbekiston) "AL-JAISh" (Qatar) — "AN-NASR" (BAA)

Sharqiy mintaqa klubari

"ShANGXAY SIPG" (Xitoy) — "ChONBUK MOTORS" (Janubiy Koreya) "SEUL" (Janubiy Koreya) — "ShANDONG LUNENG" (Xitoy)