Osiyo futbol konfederatsiyasi OChL–2017 musobaqasi “S” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Toshkentning “Bunyodkor” hamda BAAning “Al-Ayn” jamoalari o‘rasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi. Bu haqda Darakchi.uz yozmoqda.
Uchrashuv bosh hakami etib avstraliyalik Jarred Jillett tayinlandi. Unga qanotlarda avstraliyalik Eshli Bicham va bahraynlik Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi Umar Ibrohim Hasan Mahfudga yuklatildi.
Uchrashuv komissari sifatida maldivlik Abdul G‘afur Abdul Hamid ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ismoil Safiri (Eron).
“Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi 28 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.