11-12 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Yevropa chempioni V.Ivlev sovrini uchun IX Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda asosan Rossiya, Qozog‘iston, Belorus hamda o‘zbekistonlik polvonlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin va bitta kumush medaliga egalik qildi, deb xabar beradi Uz24.uz.
Jumladan, Feruz To‘xtayev (59 kg vazn) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi. Jonibek Otabekov (80 kg) esa kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bundan avvalroq ushbu polvonimiz Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.