Bilasizmi?

O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro musobaqada 10 medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Petko Sirakova va Ivan Iliyev xotirasiga bag‘ishlab 23 yoshgacha yoshlar o‘rtasida erkin, ayollar va yunon-rum kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqada 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. 24−26 fevral kunlari Varneda (Bolgariya) bo‘lib o‘tgan turnirda 15 mamlakatdan 213 sportchi ishtirok etdi.

Gazeta.uz'ning yozishicha, Olimjon Hikmatov va Abdurauf Bozorboyev murabbiyligi ostidagi kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin va beshta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Erkin kurashchilar o‘rtasida Rustam Jo‘rayev (50 kg) va Bahodir Aslonov (97 kg) oltin, Ramazan Ibodov (65 kg), Muhammadali Muxtorov (70 kg) va Hasanboy Rahimov (125 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yuon-rum kurashi bo‘yicha Islom Baxomov (59 kg), Mirzobek Rahmatov (66 kg) va Jalgas Berdimuratov (80 kg) eng yuqori pog‘onani zabt etgan bo‘lsa, To‘rabek Tirkashev (59 kg) va Fazliddin Namozov (71 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mirzobek Rahmatov «Eng yaxshi texnika» nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.