Ayni kunlardi Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. 3 may kuni chempionatning chorak final janglarida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.
Sportchilarimizdan 9 nafari — Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov, Jasurbek Latipov, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Bahodir Jalolov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Vakillarimiz orasidan faqat Sanjar Tursunov Olimpiada sovrindori Vasiliy Levitga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, Sanjarda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bor.
Yarim final bahslari 5 may kuni bo‘lib o‘tadi.