Bilasizmi?

O‘zbekistonda banklar tomonidan ajratilgan investitsion kreditlar hajmi keskin o‘sdi

O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsion kreditlar hajmi keskin o‘sdi, deb yozadi Daryo.uz.

Tijorat banklari tomonidan 2018 yilning 1 iyun holatiga 15,035 trillion so‘m investitsion kreditlar ajratilgan. Taqqoslash uchun, mart oyida bu summa 5,3 trillion so‘mga, yanvarda esa 2,5 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

Shu tariqa, ikki oy ichida (aprel may) banklar qariyb 10 trillion so‘mlik investitsion kreditlar bergan.

1 iyun holatiga ko‘ra, 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,9 barobarga ko‘p investitsion kreditlar ajratildi.

Xabarda aytilishicha, kreditlar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlari uchun ajratilgan.

«Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilmoqda», — deyiladi xabarda.