O‘zbekiston MTJ JCh–2018 saralash bosqichida Eronga qarshi o‘yinga tayyorgarlik doirasida Tailand terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Uz24.uz xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuv 6 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o‘yindan keyin 1 ochko bilan so‘nggi, 6-pog‘onani band qilib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yinning boshlanish vaqti mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)ga belgilangan.