Bilasizmi?

«O‘zavtosanoat»ning avvalgi rahbarlari qancha maosh olganligi ma’lum qilindi

“O‘zavtosanoat” rahbarlari shu vaqtgacha 7 mln so‘mgacha oylik olgan. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ma’lum qildi.

“Oylik ish haqi 2 milliondan 6-7 million so‘mgacha bo‘lgan. Bu rahbariyatning maoshi. Endi mazkur tizim mutlaqo o‘zgaradi. Ochig‘ini aytaman, bizda sotuvchi-zavod-“O‘zavtosanoat” o‘rtasida uyg‘unlashuv bo‘lmagan. Shu narsani yo‘q qilamiz”, - deydi “O‘zavtosanoat” rahbari .

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Umurzoqov avtomobillar narxlari nega oshirilayotganini tushuntirdi.