Bilasizmi?

Navbatdagi sharmandalik yoxud O‘zbekiston Suriyaga yutqazdi

Malayziya davlatining Malakka shahrida joylashgan "Hang Jebat Stadium" o‘yingohida Suriya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralash uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda 1:0 hisobi qayd etilib, suriyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda O‘zbekistonning kichik ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsada, umuman tanaffusga qadar maydonda tengkurash bo‘ldi. Hamyurtlarimizda bir qator qulay standart vaziyatlar bo‘ldi, biroq ilk taymda darvozalar daxlsiz qoldi, deb yozadi Sof.uz.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida bizning darvozaga penalti belgilandi va Umar Xarbin penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, Suriya g‘alabani ilib ketdi va O‘zbekiston ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish uchun qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi.

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi Suriya - O‘zbekiston — 1:0 Gol: Xarbin (90 pen) Suriya: Ibrohim Alma, Ahmad al Solih, Muyid al Ajan, Umro al Midani, Amro Jenyat, Umar Harbin, Mahmud al Mavoz, Fahad Yusuf, Tamir Haj Muhammad, Mardik Mardikian, Holid Mubayad.

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.