Bilasizmi?

Muvaffaqiyat haqida eng ko‘p eslanadigan 15 ta fikr

Har qanday muvaffaqiyatning kaliti harakatdir.

Pablo Pikasso

 

Agar biz muvaffaqiyatsizlikka diqqat qilsak, undan muvaffaqiyatni o‘rganishimiz mumkin.

Malkolm Forbes

 

 

Erta uyg‘onish, qattiq mehnat, yog‘ va moyli ovqatlardan voz kechish – bu muvaffaqiyatning formulasi.

J. Paul Getti   

 

Men muvaffaqiyatsizlikni kutib tura olmayman. Yaxshisi, uningsiz olg‘a davom etaman.

Jonatan Uinters

 

 

Men muvaffaqiyatning kalitini bilmayman. Ammo, hammaga iltimos qilaverish muvaffaqiyatsizlikning sababchisi ekanidan xabarim bor.

Bill Kozbi

 

Biror erkak ayolning e’tiborisiz muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bu ona yoki turmush o‘rtog‘i bo‘lishi mumkin. Agar erkakda ularning ikkalasi ham bo‘lsa, demak Xudo uni ikki marta yarlaqagan ekan.

Xerold Makmillan

 

Muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsiz chog‘ida ham zavq-shavqni yo‘qotmay olg‘a borish degani.

Uinston Cherchill

 

 

Muvaffaqiyatning siri oddiy – sen qo‘lingdan kelgan eng yaxshi ishni sidqidildan qil.

Sem Yuing

 

Muvaffaqiyat yaxshi ustoz bo‘la olmaydi. U ko‘pincha insonni takabbur qilib qo‘yadi.

Bill Geyts

 

 

Muvaffaqiyat harakat bilan hisoblashadi.

Sofokl

 

Muvaffaqiyat – bu o‘zing xohlaganingga erishish, baxtiyorlik esa erishayotganingni xohlash demakdir.

Deyl Karnegi

 

Muvaffaqiyat – bu yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani.

Jorj Patton

 

Muvaffaqiyatning yagona siri odamlarning ko‘ngliga yo‘l topishdir.

Teodor Ruzvelt

 

 

Muvaffaqiyatli emas, qadrli odam bo‘lishga harakat qil.

Albert Eynshteyn