Bilasizmi?

Militsionerlar yangi mashinaga mindi

Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmatining avtoparkini zamonaviylashtirishda davom etmoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz. Shu kunlarda ekstereri o‘ziga xos bo‘lgan avtomobillar militsiyaga jalb etildi.

IIBB mutasaddilarining aytishicha, yangi mashinalarga inspektor uchun zarur barcha jihozlar o‘rnatilgan. Mashinaning ichi va tashqarisidagi holatni yozib oluvchi videokamera mavjud. Avtomobil tashqi tarafdan ham zamonaviy va ko‘rkam tus olgan.

Patrul avtomobillarining qiyofasini o‘zgartirishdan maqsad shahar aholisi va mehmonlarga militsiya o‘zgarayotganligini ko‘rsatishdir.