O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrug‘i bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
Ma’lumot uchun: respublikada ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan, alohida ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar sertifikatlashtirilishi lozim. O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashning tavsiya etilayotgan chizmalari (jami 9 ta) qo‘llaniladi.
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi yana bitta chizma – 7A amalga kiritiladi. U bitta tashqi savdo kontrakti doirasida chetdan keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Sertifikat 1 kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.
7A chizmasi bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etish zarur:
• mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo kontrakti; • mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv.
Hujjat 1.07.2018 yildan kuchga kiradi.