Kostyum erkaklar kiyimi orasida eng e’tiborga loyig‘i desak adashmagan bo‘lamiz. U erkakka viqor va savlat beradi. Lekin noto‘g‘ri tanlangan kostyum ushbu salobat va viqorni buzib qo‘yishi mumkin. Bu galgi maqolamizda kostyum tanlayotganda qaysi jihatlarga e’tibor berishingiz kerakligi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Kostyumning badanga mos kelishi
Kostyum kiyib ko‘rayotganingizda o‘zingizni bo‘sh qo‘yib qo‘llaringizni yonga tushuring, yelkalaringiz va belingizni tekis holda tuting. Shu turishingizda kostyum ustingizda juda keng yoki juda tor bo‘lmasligi kerak. Qo‘lingizni ko‘tarib ko‘ring, yoki o‘tirib-turish singari tabiiy harakatlar qiling. Bu harakatlarni qulay qila olayapsizmi yo kostyum noqulaylik tug‘dirayaptimi e’tibor bering.
Yelka
Kostyum yelkada tekis turishi kerak. Kostyum yelkasining uzunligi yelkangizning uzunligi bilan baravar bo‘lib yelkaning yengga ulangan qismi na osilib turishi kerak va na teppaga qarab tortilib turgan bo‘lishi kerak.
Yoqa
Kostyum yoqasi ko‘ylagingizning yoqasiga yopishib turishi kerak. Agar ikkalasining orasida masofa bo‘lsa, kostyum yoqasi keng degani. Agar kostyum yoqa qismi tor bo‘lsa yoqaning pasti bukilib turadi.
Kostyumning kengligi
Kostyum kiyib ko‘rayotganingizda kostyumning faqat tepa tugmasini qadab ko‘ring. Shunda kostyumning old qismi osilib turmasligi kerak yoki pastki qismlari yubkaga o‘xshab tashqariga qarab qolmasligi kerak
Kostyumning tugmasi oson qadaladigan bo‘lishiga e’tibor bering va tugma qadalgan joydan bukuk chiziqlar chiqib qolmasligi kerak. Kostyumning past qismi ozgina ochiq bo‘lsa bo‘ladi, lekin juda bir biridan uzoqlashib ochilib ketib, tagidan ko‘ylagingiz ko‘rinib turmasligi kerak.
Yengning uzunligi
Kostyum yengining uzunligi shunday bo‘lishi kerak-ki tagidan kiygan ko‘ylagingizning yengi bir yoki ikki barmoq chiqib turishi kerak. Kostyum yengi ko‘ylak yengidan juda yuqori chiqib ketmasligi va juda pastga tushib ketmasligi kerak.
Kostyum uzunligi
Kostyum uzunligining to‘g‘ri bo‘lishi juda muhim. Kostyumning uzunligi dumbaning yarmini yopadigan bo‘lishi kerak.
Yana qo‘lingizni bo‘sh qo‘yganingizda kostyumning pasti panjangizning o‘rtasida turishi kerak
Shimning kengligi
Shimning orqa qismi orqangizda bir tekis turishi kerak. Shimning tagida ich kiyimingiz bemalol turishi kerak. Shim oyoqlaringiz orasida osilib turmasligi hamda juda tor ham bo‘lmasligi kerak.
Shimning kengligi sizga mos emasligini dumbaning tagida gorizontal (tor) yoki U-simon (keng) chiziqlar paydo bo‘lganidan bilishingiz mumkin.
Shimning uzunligi
Shimning pasti qismi oyoq kiyimingizning ustiga tushib turishi va unda bir chiziq paydo bo‘lishi kerak, lekin undan o‘tib ketmasin. Shimning orqa tarafi oldiga nisbatan sal uzunroq bo‘lib turishi mumkin. Lekin orqa poshnadan balandroqda turishi kerak.