Bilasizmi?

Kianu Rivzdan erkakcha fikrlar

Men, aslida, hammadan berkitishi kerak bo‘lgan o‘z turmush o‘rtoqlari(ayollari)ni barchaga ko‘z-ko‘z qilish uchun fohishalardek kiyintiradigan dunyodan jirkanaman va bunday dunyoning bir qismi bo‘la olmayman.

U yerda or-nomus va qadr-qimmat yo‘q. U yerdagi ayollar farzand ko‘rishni, erkaklar esa oila qurishni istamaydi.

U yerda ona suti og‘zidan ketmagan go‘daklar otasiga tegishli mashinaga o‘tirib olib, o‘zlarini eng omadli deb hisoblashadi va ozroq obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan  har qanday odamni oddiy notavon ekanini isbotlashga urinishadi.

U yerda odamlar munofiqlarcha qo‘liga alkogolli qadah tutib, o‘z dini haqidagi  bir chimdim tushunchasi bilan, Xudoga ishonishi haqida og‘iz ko‘pirtirishadi.

U yerda rashk tushunchasi sharmanda , kamsuqumlik esa esa nuqson sanaladi. 

U yerdagi odamlar sevgini unutib yuborganlar, faqat eng munosib  sheriklarni izlashadi.

U yerdagi erkaklar, yigitlar ota-onasi topgan pullarni primitiv musiqa sadolariga jilpanglab, tunggi klublarda sovuradi. Qizlari esa shu uchun ular bilan sevishadi.

U yerda erkak va ayol tushunchasi yo‘qolib bo‘lgan. U yerda bularning barchasi birgalikda ERKIN TANLOV deb ataladi va boshqa yo‘lni tanlaganlarga esa zolim tamg‘asi bosiladi.

Men buni shunchaki qabul qila olmayman!

Men o‘z yo‘limni tanlayman!