SPID vabosi sayyoramizda yashin tezligida o‘ta xatarli tarzda tarqalmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, har 15 daqiqada bir odam bu epidemiya virusini yuqtirib olyapti.
Atrofni shom pardasi chulg‘amoqda. O‘tgan kuni yomg‘ir yoqqandi. Badanni junjiktiradigan salqin havoni aytmaganda, bu yerdan olamni kuzatish malol kelmaydi. Mana, ko‘nglimda ham... asabiy bir qoniqish. Bizlar ham bir erkin... Afsuski, hali quvona olmaymiz. Bunga istagancha sabab topish mumkin: masalan, fohishabozlik. Uning yashashini hech qachon istamasak ham, u barcha zamon va makonlarda ixtiyorlarimizdan tashqarida bemalol «gullab-yashnayvergan». Fohishabozlik. Uni ko‘rmaslikka qanchalik tirishgan bo‘lsak, shuncha kattalikda ko‘rinishga harakat qiladi. U o‘z qahqahasi bilan odamzotni bir umr vayrona tomon yetaklaydi... Nihoyat, jozibaning har qanday ko‘rinishi mo‘’jiza emasligini anglab qolgandekmiz. Biroq odamiylik xususiyatimiz hamon bizga pand berayotgandek: axir kuni kecha ekologik, demografik, texnokratik kulfatlar yoz yomg‘iridek boshimizga yog‘ilgandi. Bugun SPID, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari turmushimizga jimgina joylashib olmokda. Jinsiy munosabatlarnyng bozorga solinishi esa, oddiy hodisaga aylanib qoldi. Uning SPID bilan kun sayin uyg‘unlik kasb etib borayotganligi meni ko‘proq tashvishga soladi. Yangi yilning ilk kunlari. Men anchadan beri bu holatning ko‘lamini yaqinroqdan kuzatishni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Shu umidda hamrohim bilan kelishib, uchrashdik. ...Hamma yerda ishning tugash vaqti bo‘lgani uchunmi, bu yerga kirib chiqadiganlar ko‘paygan payt. Biri kelib, biri ketayotgan xaloyiq. O‘rnimizdan turib atrofga yanada sinchkovroq nazar tashlaymiz. Shundan so‘ng bir necha daqiqadan beri bizni kuzatib turgan yon o‘tirg‘ichda o‘tirganlar biz tomon yaqinlashdi: —Yigitlar, dam olaslarmi? — dedi. So‘ngra sigaret so‘radi. Hamrohim sigaret tutdi. Ular bittadan tutatishib, yana bittadan sumkasiga solib ko‘ygach: —Dam olamizmi? — dedi hamrohim miyig‘ida kulib. —Biznikiga boramiz. Hamma sharoit taxt. Vanna, issiq, sovuq suv... — dedi biri. Ikkinchisi qo‘shib qo‘ydi: — «Stavka» 10000 mingdan. Men kulib: —Kasal emasmisizlar? —Qanaqa kasallik? —He, qo‘rqmanglar, Garantiyamiz bor. —Ikkinchidan, unaqalarni bu yerga qo‘ymaymiz, — qo‘shib qo‘ydi ikkinchisi. Shunda hamrohim: —Agar men SPID bo‘lsam-chi? —Ja, hazilkash ekansiz-a? SPIDmisiz yo‘qmi, dam olsalaring bo‘ldimi? Har holda u rost gapirgandi. Biroq bunday rostgo‘yligi na jamiyatga, na o‘ziga yaxshilik keltiradi. Axir o‘z joniga bila turib qasd qilishda qandaydir «buyuk ahmoqlik» mavjud emas-mi? Mana, ular hech narsani, hattoki SPIDni ham nazar-pisand qilishmaydi. Ularni SPIDdan ko‘ra boshqa narsa, ya’ni «xaridorlar»ni yo‘qotib qo‘yish ko‘proq qo‘rqitadi. Boy berilgan har bir kun bizni qayg‘uga soladi. Biroq kelajakning mavjudligi doim taskin beradi. Fohishalar esa kelajakning taskiniga muhtoj emas. Ularni kelajakdan ko‘ra bugunni boy berib qo‘ymaslik ko‘proq tashvishlantiradi. Biroq, odamning kurgan kuni kechagi kunining tuturiqsiz takrori bo‘lmasligi kerak. Agar uni zarracha oqlash lozim bo‘lsa, faqat shu bilangina oqlash mumkin. Yana kim bilsin?..
BEBOShLARNING KASALI
Navbatdagi uchratganimiz — bolalar uyidan qochib chiqib, fohishabozlik orqali kun ko‘rib yurgan Dildora ismli «qizaloq» bo‘ldi. Undan gap olish oson kechdi. Yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi. U bosh qotirishi kerak bo‘lgan narsa faqat bitta, ya’ni mijozlar topish. Masalaning boshqa tomonlari bilan «xo‘jayin» shug‘ullanadi. U bilan uzoq gaplashdik. Ammo suhbatimiz oxirida u asosiy gapni aytgandek bo‘ldi: —Bizda hammasi batartib. Men hali kerakliman. Siz aytgan kasallik SPIDmidi? Uni «sezon»i o‘tganlarda uchratishingiz mumkin. Ular beboshlar. Bizning hali boshimiz bor, — u shunday deya ketishga chog‘landi. Men unga 15 yoshida SPIDga chalinib hayotdan ko‘z yumgan ayol haqida bir ma’lumotni ko‘rsatdim. U ishonqiramay: —Yaxshisi meni tinchimni buzmang. Bu kasalingiz beboshlarniki... Odamzotning beboshligi. U hammamizda ham yetarlicha. Fohishalar SPIDning sababchisini boshboshdoqlik deb hisoblay boshladimi? Balki to‘g‘ridir. Chunki boshboshdoqlikning ichki qudratli kuchi bor. Ammo u kuch hamma zamonlarda ham yuzaga chiqqan davrlar favqulodda hodisa emasmi? To‘g‘ri, fohishalarni davolash borasida turli xil profilaktik tadbirlar belgilangan. Biroq ular aksariyat hollarda maxfiy ravishda davolanmokda. Ma’lum bo‘lishicha, ular vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishadi. Lekin qayerda va qay tartibda?
MA’MURIY ChORA KIFOYa EMAS
Bir vaqtlar fohishabozlikka yo‘l beruvchi maxsus me’yoriy hujjatlar joriy etilarkan, degan ovozalar tarqalgandi. Shukrlar bo‘lsinki, milliy qadriyatlarimizni tahqirlovchi bunday hujjat ishlab chiqilmadi. Bu ovozlarga zid ravishda ishlab chiqilgan qonunlar esa, xuddi «jarima to‘la, keyin o‘zing bilasan» deganidek gumanitar. To‘g‘ri, yurtimizda shu paytga qadar SPID bilan xastalanganlar ko‘p ham aniqlanmadi. Aniqlanganlarining ham aksariyati chet el fuqarolari yoki xorijda ishlab qaytganlar. Ammo bu kasallik talvasasidan o‘lganlar ham yo‘q emas. Shunday ekan, unga qarshi kurashishning qat’iyroq, keskinroq usullarini ishlab chiqish lozimga o‘xshaydi. Fohishabozlikka qarshi choralar bizda hozir amalda bo‘lgan Ma’muriy Javobgarlik kodeksining 190-moddasida aksini toptan. O‘ quyidagicha: «Fohishabozlik bilan shug‘ullanish — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi». Xo‘sh, fohishabozlik jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarlik hisoblanadimi? Nazarimda, fohishabozlykka ma’muriy javobgarlikning belgilanganligi uning yanada avj olishiga imkoniyat tug‘diryapti. Shu uchun fohishalik va fohishaxonalar saqlashni o‘zlariga kasb qilib olganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilashni taqozo etmoqda, deb o‘ylayman. Shunday ekan, u Jinoyat kodeksida o‘z aksini topishi lozim. Ikkinchidan, fohishabozlik inson sog‘ligiga qarshi jinoyat hisoblanadi.
DALIL VA RAQAMLAR
Fikrimning isboti tariqasida ayrim faktlarni keltiraman. Mutaxassislarning fikricha, SPID kasalligining virusi odam organizmida o‘nlab yillar davomida mudrab yotaverarkan. Shuningdek bu epidemiyani yuqtirib olgan fohishaboz besh-olti yil, balki bundan ham ko‘proq vaqt mobaynida o‘zi bilmagan holda yoki odamlardan ataylab qasos olish. Ha, «qasos olish» niyatida hech qanday to‘siqsiz bu vaboni tarqatib yuraverishi mumkin ekan. Mana bir misol: «O‘zi SPID bilan kasallangannini. bilgan bir shved matrosi besh yil davomida portlarda to‘xtagan vaqtlari oltita fohisha ayol bilan jinsiy muno-sabatda bo‘ladi. U o‘limi oldidan uch ayolning ismini ayta oldi. U ismini aytgan uchala ayol ham SPID bilan kasallangan ekan. Ularning biri eriga yuqtirishga ham ulgurgan. Boshqasi esa SPID bilan kasallangan bola tuqqan. Qolgan uchalasi esa hanuzgacha topilgani yo‘q. Ehtimollarga ko‘ra, ular SPID virusini hamon tarqatib yurishibdi. Bunisi amerikaliklar haqida: yana bir odam SPID tufayli olamdan ko‘z yumdi. Fojianing achinarli tomoni, uning rafiqasi, uch oylik farzandi ham SPID bilan kasallangan edi. Aniqlanishicha, u o‘limidan o‘n yil oldin, Afrikada xizmat burchini o‘tab yurgan vaqtida afrikalik fohisha ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. Qarang, u o‘n yil avval orttirib olgan qazo o‘n yildan so‘ng o‘ziga qo‘shib begunoh rafiqasi va uch oylik farzandini ham olib ketdi. ...Bizdagi vaziyat ularga qaraganda yomon emas. Biroq bu fikr «Bizda yaxshi ekan» degan xotirjamlikni tug‘dirmasligi lozim. Yen qo‘shnimiz Qozog‘istonda vaziyat ancha xatarli. O‘tgan o‘n yilda u yerda ming-minglab nafar odam SPID bilan kasallanganlar sifatida ro‘yxatga olingan. Ulardan bir qatori vafot etgan. Ukrainada qisqa davr ichida 3500 kishi bu epidemiyaga yo‘likdi. Rossiyada bo‘lsa, bir yilning ichida 3853 odam SPID bilan xastalangani aniqlandi. SPID epidemiya-si xatarli tarzda tezlashib borayotgani yarim asrdan, oshdiki, hamon odamzotni o‘yga toldiradi. Odatda o‘yga tolganlar shu paytga qadar aniq bir vaksinani o‘rtaga tashlashi kerak edi. Biroq... Najotbaxsh xabardan hamon darak yo‘q. Sir emaski, bizda SPIDto‘g‘risida ilk ma’lumotlar 1980 iillarda g‘ayritabiiy aks-sado bergandi. Bu shasht bugun bir qadar pasaygandek. Ammo xatar o‘sha-o‘sha. Bu davrda ilm ustiga ancha-muncha mag‘zava ag‘darilmadi, deysizmi. Ilm undoq... Ilm mundoq... Biroq yagona najot yana undan qutildi. Odamlar ilmning qudratiga ishondi. Ilmning har qanday harakati omad keltirgandi. Balki shundanmi, turli davlat olimlari tomonidan turli xil vaksinalar ishlab chiqildi. Ammo ular laboratoriyalardan tap tortib tashqariga chiqolmadi. Ozmuncha bemor laboratoriyalarning eshigiga mo‘ltirab jon bermadi. Ularning dardiga bir najot topilmadi. Darvoqe’, uning tezligini ma’lum muddatga pasaytirishi mumkinligi iddao etilgan bir vaksina o‘rtaga tashlangandek ham bo‘lgandi. Biroq, bunday «davo»ning sarf-harajati 180 ming AQSh dollariga teng ekan. O‘ylasang xayol hayiqadigan miqdordagi xarajatiga hammma ham dosh bera olmasligi qanchalik qayg‘uli bo‘lsa, uni ilmning samarasi deyish ham shunchalik kulgili!
SPID QASOS QUROLIMI?
Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda kasallanayotganlarning ko‘pchiligi SPIDni QASDdan orttirib olmokda. Ya’ni, kasallar bani bashardan QASOS olish niyatida aksariyat hollarda sog‘lar bylan jinsiy aloqa qilishga harakat qilishmoqda. Natijada Afrika va Ovrupa davlatlarida SPID ommaviy xastalik tarzida yil saiin odatii holga aylanmoqda. Balki, aylanib ham bo‘ldi... «Axir, odam qilgan nomaqbul harakatidan juda bo‘lmaganda lazzatlana olishi kerak-da», deb ular o‘zini oqlashga ham harakat qilishmoqda. Noma’qulchilikni yoqlash lozim bo‘lsa, faqat shu jihati bilangina yoqlash mumkin, to‘g‘rimi? Xo‘sh kasalning sog‘dan sog‘ bo‘lgani uchun qasd olishida qanday lazzat bor? Bilmadim... Bilmadim?! Biroq, SPID vabosi sayyoramizda yashin tezligida o‘ta xatarli tarzda tez tarqalmokda. Ma’lum otlarga qaraganda, har 15 daqiqada bir odam bu epidemiya virusini yuqtirib olayotgan ekan. ...Taskin sifat xayollar og‘ushida at-rofga cho‘kayotgan shomni oralab, tungi bar tomon yo‘naldik. Eshik oldiga yetar-yetmas quloqni qomatga keltiradigan og‘ir rok musiqasi kishini tajang qilib qo‘yadi. Davradagilarni chetlab o‘tib, bo‘sh o‘rindiqqa borib o‘tirdik. Tegramga nazar tashlayman. O‘zimgada tushuniksiz bo‘lgan bir narsani izlayman. Yo‘q, topolmadim. O‘ylab qarasam, izlaganim halovat ekan. Bu yerda esa halovatdan boshqa hamma narsa to‘la-to‘kis edi. Xizmatkor olib kelgan ichimlikni ichib bo‘lib, bu davraga o‘zimizning begonaligimizni his qila boshladik. Ammo chiqar-chiqmasimizdan: —Bitta sigaret «ugashat» qiling, — deya bir yoqimtoy qiz bizga yaqinlashdi. Hamrohimiz ikkimiz ham bir-birimizga qaraymiz. U bizni taraddudlanib turganimizni ko‘rib: —Dam olgani chiqibsilarda?! Sigaret bering, — dedi yana. «Chekmaymiz» deganimizdan so‘ng, o‘n qadamcha narida turgan millitsionerga qarata: —Ho-o, ...aka, Gulyani ko‘rdingizmi? — deb ba-qirdi va u «yo‘q» ishorasini bergach, «Chekishdan ugashat qiling» — dedi va keyin bizga yuzlanib: —Aytganday, chekmasangiz ichmaysiz ham, menim-cha? — dedi. Shu payt militsioner yetib kelib unga kulib: . —Haliyam shu yerdami-san? —Sigaret bering, yaxshisi. U bir dona sigaret berib, yana qaytib ketdi. Men: —Dam olamizmi? — dedim. Keyin qo‘shib qo‘ydim,—lekin SPIDdan qo‘rqaman. —SPID? Nima, bu qizlardan qo‘rqish kasalligimi? Biz SPID va uning kasofatlari to‘g‘risidagi bilganlarimizni aytib ulgurmasimizdan: —Ha, bilaman, eshitganman. Nima, men ko‘chaning qiziga o‘xshaymanmi? —U odam ajratarmikan? —Juda ajratadida. Man bozorchilar bilan yurmiyman. Bundan tashqari... spravkam bor. —SPID emasligingiz to‘g‘risidami? —Bilmadim. U shu gapni aytib, bar-ga kirib ketdi.
TALVASA
SPID qo‘rquvi... U endi odamzotni ezgulikka chaqira olarmikan? Qo‘rquvdan tug‘ilgan oliyjanoblik... Qachondan beri ezgulik qo‘rquvdan so‘ng tug‘ila boshladi. Chet el ommaviy axborot vositalarida SPID qo‘rquvi to‘g‘risidagi chiqishlar tashvishlanarli tarzda ko‘paymokda. Gazetalar orqali nafaqat jurnalistlar, balki oddiy fuqarolar ham SPID xastalarini moxovxonalarga, fohishabozlarni esa «hayvonot bog‘lariga qamab qo‘yish kerak» degan-chaqiriqlar bilan chiqayapti. Ularni mehmonxonalardan, saunalardan, quvib chiqarmokda. Tungi bar boshliqlari ularni ko‘chalarga haydab solmoqda. Chunki mehmonxonalar, tungi barlar, erkaklar saunalarm, vokzallar bu xatar virusining rivojlanishi uchun qulay ozuqa manbai hisoblanadi. Hamrohim bilan shu yerda ajrashib, o‘z xayollarim og‘ushida uy tomon yo‘l olaman. Simyog‘ochlarga, bekatlarga boqaman. Qaniydi juda bo‘lmaganda shu ma’nimatrasiz reklamalar yonidan SPID epidemiyasidan ogoh etuvchi bir afishani topolsam. Axir, chorizm missionerlari chorakam 200 yil davomida jamiyatimizga kirita olmagan milliy evrilishga SPID balosi osongina erishmayaptimi? Bu hakda o‘ylab ko‘rishning vaqti keldi, nazarimda. «Chorsu» mehmonxonasining yonidan o‘tib ketayotganimda bir necha ayol peshvoz chiqishdi: —Kvartira kerakmi? —Qayerda? — deb yosh va kurkam kelinchakka yuzlandim. —... joyda. Hamma sharoit bor: ovqat, issiq, sovuq suv. Vanna... —Yana-chi? Menga miyig‘ida kulib dedi: —Necha yoshlisi kerak? —O‘zingiz-chi? —Gap yo‘q. Bo‘lmasa, ketdi kmi? —Ketamizku-ya... shu kechirasiz, kasal emasmisiz? —Kasal... Menga «xafa bo‘ldim» degandek, kishini eritib yuboruvchi tabiiy bir ishva bilan qaradi. Keyin xotirjam holda: — Qo‘rqmang, mening erim bor, — dedi. Yo, alhazar! Biz qanday ahvolga tushdik? Uyida jufti haloli borligini aytib turgan bu ayol yana bir erkakni zinoga undab tursa-ya!.. Ortiq tilim aylanmay qoldi... Axir qanday ham aylansin, birodar!
Yorqin BASIR
Manba: Oilam.uz