Kalsiy organizm uchun juda katta ahamiyatga ega. Suyak va tishlarning holati, gormonlarning yetarlicha ishlab chiqarilishi va mushaklarning holati organizmdagi kalsiy moddasiga bevosita bog‘liqdir. Bolaning o‘sayotgan organizmi uchun esa kalsiy nihoyatda zarur. Afsuski, bu moddaning organizmga singishi juda qiyin bo‘lgani uchun kalsiyni qo‘shimcha vitamin tarkibida qabul qilishning foydasi juda kam. Shuning uchun bolalar, ayollar kalsiyga boy mahsulotlarni har kuni iste’mol qilishlari lozim.
Birinchi o‘rinda:
Danak, yong‘oq va dukkakli mahsulotlar.
Sedana, bodom, loviya kalsiyga boy bo‘lib, kundalik taomnomangizda albatta bo‘lishi kerak.
Ikkinchi o‘rinda:
Ko‘katlar va namatak.
Bu mahsulotlar kalsiydan tashqari boshqa vitaminlarga ham boy bo‘lgani uchun ayniqsa qish mavsumida juda foydali bo‘ladi.
Uchinchi o‘rinda:
Sut va sut mahsulotlari.
Sut, yogurt, qatiq, tvorog va pishloq kabi sut mahsulotlari har kuni nonushtaga yeyilishi shart.
Kalsiyni tabiiy ravishda mahsulotlarda yeyish organizmga hech qanday zarar keltirmaydi. Lekin qo‘shimcha vitamin shaklidagi kalsiy me’yoridan ortiq bo‘lsa, buyrakda tosh hosil bo‘lishiga olib keladi.