Ulkan janglardagi yo‘qotishlar ham ulkan bo‘ladi. Dunyo tarixida “eng qonli urush” nomi bilan bitilgan II jahon urushi insoniyatning oromini buzdi, hayotdan bevaqt ko‘z yumgan begunohlarning soni 60 milliondan 72 milliongacha yetadi. Biz sizga quyida urushdagi eng mudhish harbiy to‘qnashuvlar o‘ntaligini havola qilamiz.
1. Kursk jangi – 1943 yil 5 iyuldan 13 iyulgacha davom etgan to‘qnashuv “Tanklar jangi” nomi bilan ham ataladi. Bu Germaniyaning sobiq Ittifoq hududiga qilingan uchinchi eng katta va so‘nggi yurishi bo‘lgan. Gitlerchilarning Ittifoq qo‘shinidagi 66 ta harbiy bo‘linmani qo‘lga olish rejasi puchga chiqadi.
Tang ahvolda qolgan fashist harbiylari chekinishga majbur bo‘ladi. To‘qnashuv oqibatida Germaniya jami 100 ming nafar askaridan ayriladi. Ittifoqning 250 ming harbiysi halok bo‘lgan, 600 ming odam yaralangan, 50 % harbiy tanklar ishdan chiqqan.
2. Prussiya jangi – 1944 yil 22 iyundan 16 avgustgacha davom etgan. Ittifoq qo‘shini eng ulkan qarshi yurish boshlaydi. Unga ko‘ra, Prussiya hamda Polshada o‘rnashgan 100 ta fashist harbiy bo‘linmasi yo‘q qilinishi ko‘zlangan.
Gitler Germaniya Markaziy Armiyasiga chekinish to‘g‘risidagi buyruqni yubormadi. Natijada, armiya tamomila tor-mor qilinadi. Germaniya harbiylarining 800 mingdan ortig‘i qirib tashlangan, yaralangan va asirga olingan. Ittifoq qo‘shinlarida halok bo‘lganlar, yaralanganlar 1,3 mln kishini tashkil qildi. Bu Ikkinchi jahon urushidagi Germaniya armiyasida boshlangan ilk “sinish” bo‘ldi.
3. Stalingrad jangi – 1942 yil 23 avgustdan 1943 yil 2 fevralgacha davom etgan. Insoniyat tarixidagi bu qonli to‘qnashuv haqiqiy fojia edi. Harbiylar bilan yonma-yon turib shaharni gitlerchilardan himoya qilgan tinch aholi vakillari ham katta jasorat ko‘rsatgan. Qurbonlar soni ham shu qadar yuqori bo‘ldi. Ittifoq 1,2 mln fuqarosidan ayrildi. Germaniyaning 300 ming nafar harbiysi hayotdan ko‘z yumgan.
4. Vistula jangi – 1945 yil 12 yanvardan 1945 yil 30 martigacha davom etgan ushbu jangda Vistula daryosi atrofida joylashgan fashistlarga qarshi Ittifoqning eng katta yurishiamalga oshirilib, urush taqdiriga bir qadar oydinlik kiritilgan.
Tamoman mag‘lub etilgan Germaniya armiyasining qolgan-qutgan qismi Berlinni himoya qilish uchun shaharga chekinadi. Germaniyaning 500 ming harbiysi yo‘q qilingan. Yo‘qotishlar miqdori Ittifoqda 600 ming kishi bo‘lgan.
5. Berlin jangi – 1945 yil 16 apreldan 7 maygacha davom etgan to‘qnashuv shahar hududidagi ikkinchi eng katta jang edi. Germaniyalik 200,000 tinch aholi vakillari bilan birga, 200 mingta askar ham halok bo‘lgan. Ittifoq askarlaridan 600 mingtasi hayotdan ko‘z yumgan va yaralangan.
6. Normand jangi – shimoliy-g‘arbiy Fransiyada joylashgan bu hududdagi jang 1944 yil 6 iyundan 1944 yil 24 iyulgacha davom etadi. G‘arbiy Yevropa istilochilarining Britaniya va Fransiya ittifoqi qo‘shinlari bilan jangi oqibatida gitlerchilarning 216,000 askari yo‘q qilingan bo‘lsa, birlashgan qo‘shinlarning 209,000 harbiysi halok bo‘lgan va yaralangan.
7. Moskva jangi – 1941 yil 17 noyabrdan 1942 yil 28 yanvarigacha bo‘lgan. Germaniya armiyasining Moskva shahrini egallash rejasi Ittifoq harbiylarining jasorati va qishki bo‘ronlar bois chipakka chiqadi. Sovuq tufayli ko‘pchilik fashist harbiylari falaj bo‘lishgan. Ittifoqning yo‘qotishi 700,000 kishini tashkil qilsa, Germaniyaning 200,000 askari halok bo‘ladi, yaralanadi va qo‘lga olinadi.
8. Ardennes jangi – 1944 yil 16 dekabrdan 1945 yil 28 yanvarigacha davom qilgan bu jang Germaniyaning II jahon urushidagi so‘nggi hujumkor jangi bo‘lgan. Germaniyaga qarshi asosan AQSh va Buyuk Britaniya armiyalari kurashgan. To‘qnashuvda gitlerchilarning 100,000 hamda birlashgan armiyaning 82,400 askari halok bo‘lgan va jarohatlangan.
9. Atlantika jangi – 1939 yil 1 cyentyabrdan 1944 6 iyungacha davom etgan. II jahon urushidagi eng uzoq davom etgan bu jang davomida Germaniya dengiz qo‘shinlari Buyuk Britaniya va Sobiq Ittifoqqa suzayotgan kemalarni cho‘ktirib yuborishga harakat qilishgan. Germaniya harbiy dengizchilaridan 50,000 harbiy yo‘q qilinadi. Ittifoq esa 50,000 savdogar va dengizchilaridan ajralgan.
10. Britaniya jangi – 1940 yil 10 iyuldan 31 oktyabrgacha davom etgan bu to‘qnashuv II jahon urushidagi “Eng katta havo jangi” nomini olgan. Qirollik havo kuchlarini yo‘q qilishni maqsad qilgan gitlerchilarning orzusi amalga oshmadi, albatta. Germaniyalik 3,000 uchuvchi urib tushirilgan bo‘lsa, Angliya 1,800 uchuvchi bilan birga 20,000 aholisidan ayrilgan.