Bilasizmi?

Hayot haqida Karl Yungning eng ko‘p eslanadigan 15 ta fikri

Karl Yung – ruhshunos va faylasuf. U insondagi har qanday ruhiy holat uning yuksalishiga xizmat qiladi, deb hisoblagan. Quyida faylasufning o‘zimizni borimizcha qabul qilish va hayotni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan 20 ta iqtibosini taqdim qilamiz.

  1. Sendan ketmoqchi bo‘lganga to‘g‘anoq bo‘lma. Aks holda, senga kelmoqchi bo‘lganning yo‘liga to‘siq qo‘yasan.

 

  1. Inson tanasida bosh-ko‘targan qahr-g‘azab unga o‘zini anglashiga yordam berishi mumkin.

 

  1. "Iqtidorli" deb hisoblanish nimadir olishingizni emas, nimadir berishingiz mumkinligini anglatadi.

 

  1. Ikki xil dunyoqarashga ega insonlarning uchrashuvi ikki turdagi kimyoviy element to‘qnashuviga o‘xshaydi: nimadir reaksiya sodir bo‘lsa, ikkalasining ham tarkibi o‘zgarib ketadi.

 

  1. Farzandlarning yelkasidagi eng og‘ir yuk – ota-onalarining yasholmay qolgan umrlaridir.

 

  1. Bizni boshqalardan norozi qilgan omil – bizga o‘zimizni o‘rgatishi mumkin.

 

  1. Yuragingga nazar tashlay olsanggina hislaringni aniq ko‘rasan va uyg‘onasan. Modomiki, o‘zingga yurakdan turib qarar ekansan, tush ko‘rishda davom etasan.

 

  1. Yolg‘izlik atrofimizda hech kimning yo‘qligi emas, yonimizdagilar bilan biz uchun muhim mavzularda gaplasha olmaslik, fikrlarimizning ularga maqbul kelmasligidir.

 

  1. Menga ruhan tamomila sog‘lom deb hisoblagan odamni ko‘rsating va men sizga uni davolab beraman.

 

  1. Tushkunlik qora libosdagi ayolga o‘xshaydi. U senga ro‘baro‘ kelsa, uni haydama, iltifot bilan dasturxonga taklif etginu, so‘zlariga diqqat qil.

 

  1. Men – men bilan sodir bo‘lgan ko‘rgilik emas, men – o‘z qarorimning natijasiman.

 

  1. Hayotda noto‘g‘ri umrguzaronlik qilayotganlargina tashvishsiz yashaydilar.

 

 

  1. Modomiki, hayot tarozisidagi quvonch va qayg‘u muvozanati teng emas ekan, baxtiyorlik o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

  1. Aslida kim va nimaga qodir ekanligimizni anglash – umrning ulkan yutug‘i.

 

  1. Muhabbat boshqargan joyda kuch ishlatishga zarurat yo‘q. Kuch ishlatilgan joyda esa muhabbat bo‘lmaydi.