Bugun “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon Boks seriyasining yettinchi mavsumi guruh bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi.
Bokschilarimiz Toshkentda guruh peshqadam Qozog‘istonning “Astana Arlans” jamoasini qabul qilishadi. Bu ikki jamoaning Qozog‘istonda o‘tgan ilk to‘qnashuvida yon qo‘shnilarimiz 4:1 hisobida zafar quchishgandi, deb yozadi Sof.uz.
“Javob bahsida o‘sha mag‘lubiyatni unutishimizga yordam beradigan hisobda g‘alaba qozonishimiz shart. Men 5:0 hisobidagi g‘alabani nazarda tutyapman. Bundan avval Rossiya va Xitoy jamoalarini aynan shunday hisobda yengdik. Endi navbat “Astana Arlans”ga”, - dedi Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov.