Bilasizmi?

Futzal: O‘zbekiston muddatidan oldin OCh final qismiga yo‘l oldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi Turkmaniston jamoasi ustidan g‘olib bo‘lib, muddatidan avval Osiyo chempionati final qismiga yo‘l oldi. 16 oktyabr kuni Eronning Tabriz shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:4 hisobida yakunlandi. Gazeta.uz shu haqda yozmoqda.

Futbol federatsiyasining xabar qilishicha, Bahodir Ahmedov shogirdlari Osiyo chempionati saralash bosqichida Nepalni ham mag‘lubiyatga uchratib (14:1) «A» guruhida yetakchilik qilmoqda.

So‘nggi uchrashuv seshanba kuni guruhda yetakchilik qilish uchun kurashayotgan Qirg‘izistonga qarshi kechadi. Ushbu jamoa ham OChga chiqish yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan. Shuningdek, boshqa uchrashuvda Turkmaniston va Nepal termalari kuch sinashadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 6−18 fevral kunlari Xitoy Taybeyda bo‘lib o‘tadi. Qit’a musobaqasida 16 ta jamoa ishtirok etadi.