Bilasizmi?

“Futbol Motsarti”: Lionel Messining mashhur fikrlari

"Men uningdek g‘ayratli o‘yinchi ko‘rgan emasman. U misoli Yaratganing mo‘’jizasidir," degan edi "Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan. Boshqa hamkasblari esa Messini "futbolning Motsarti" deb e’tirof etishadi. Ehtimol, sizga davrimizning betakror futbol yulduzining hayoti, yutuqlariga oid barchasi ma’lumdir. Biz esa quyida uning eng sara fikrlarini diqqatingizga havola qilamiz.

Lionel Messining fikrlari: 

Sen urgan gol jamoang o‘yinda g‘alaba qozonsagina ahamiyatli bo‘ladi.

***

Men jahon chempioni bo‘lishni o‘zgalarning menga nisbatan hurmatini oshirish, yoki buyuklik uchun orzu qilmayman.

***

Men o‘z millatim va milliy jamoam sha’nini ko‘tarib maydonga chiqish, ayni shu maqsadda ismim yoniga "jahon chempioni" degan nomni qo‘shib qo‘ymoqchiman.

***

Meni futbol ulg‘aytirgan. Bu kunga kelguncha ko‘p kunlarni boshdan o‘tkazdim. Maydon va uning tashqarisida bo‘lgan yaxshi va yomon narsalar avvalo inson va professional bo‘lishimga xizmat qilgan.

***

Men ota bo‘ldim. Bu – hayotdagi ulkan o‘zgarish pallasi. Otalik hayotga boshqacha boqishingni ta’minlaydi. Endi farzandim – mening hamma narsam.

 ***

Uyga kelish va tobora ulg‘ayib borayotgan o‘g‘limni ko‘rish – menga tashvishlarimni bir zumda unutishga yordam beradigan quvonchdir. Bu xursandchilik meni tubdan o‘zgartirdi.

***

Hayotda futbolda g‘olib bo‘lish yoki yutqazishdan ham muhimroq ishlar bor.

***

Futbolda eng muhim narsa – bu o‘ynashdir. Men futbolda doimo o‘zimga yoqqan uslubda o‘yin ko‘rsataman.

***

Men bolalik davrimdan boshlab hozirgacha futbol o‘ynashdan rohatlanaman. Va so‘nggi qadamni tashlashga kuchim yetguniga qadar shunday bo‘lib qoladi.

***

O‘ynash huzuri hamda shavqi yo‘qolishi bilan men futbolni tark etaman.

***

Men muntazam yuksalish tarafdoriman. Ko‘proq gol urish, ko‘proq g‘alaba qozonish. Men shu narsalarga doim ochman. Hech qachon ularga to‘ymayman.

***

Лионел Мессининг м

Men ham boshqalar singari hayot kechiruvchi oddiy odamman.

***

Futbol uchrashuvlaridan so‘ng boshqalar qatori oilam, do‘stlarim davrasida bo‘lishni afzal ko‘raman.

***

Men doimo o‘z chegaralarimni, imkoniyatim sarhadini kesib o‘tishga intilaman. Kundan-kun mahoratni oshirib borish eng katta ehtiyojim.

***

Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish mening nazdimda yuksak sharaf. Ammo Barsa, bu – faqat Messi degani emas. Barsada eng yaxshi o‘yinchilar ko‘p.

***

To‘g‘risini aytsam, men o‘zimning zo‘r o‘yinchi ekanimni his qila olmayman. Men faqat o‘z orzularimga erishishni istayman. xolos.

***

Ammo men futbol maydoniga "eng yaxshi" bo‘lish uchun tushayotganim yo‘q. Men o‘yinga zavqlanish uchun tushaman.

***

Лионел Мессининг м

Men hech qachon bugungidek hayot kechirishimni tasavvur ham qilib ko‘rmaganman. Har doim futbolni yaxshi o‘ynashni orzu qilganman va bugun o‘z orzularimda yashamoqdaman.

***

Doim yanada ko‘prog‘idan umid qilish, doimo o‘zining birinchi raqamli tanqidchisi bo‘lish, o‘zining yaxshi va yomon jihatlarini tan olish - muvaffaqiyatimning yagona siri.

***

Orzuga erishish uchun kurashish kerak. Buning uchun o‘zingni qurbon qilishing, qattiq mehnat qilishing zarur. Men buning uchun hayotimning 17 yilini sarflaganman.

***

Mendagi g‘ayratning omili pul emas. Mening shijoatim uchun koptokning oyog‘imda bo‘lishidan ham muhimroq omil yo‘q. Ishonch bilan aytishim mumkinki, havaskor o‘yinchi bo‘lgan taqdirimda ham hozirgidek o‘ynagan bo‘lar edim.

***

Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko‘rishdan ham ulkanroq quvonch yo‘q. Men doim qo‘limdan kelganicha, kezi kelganida dastxatlar ulashib bolalarga shodlik ulashishga urinaman. Bolaning kulgisi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

***

Xoh do‘stona, xoh rejalashtirilgan uchrashuv bo‘lsin, men doimo bir xil o‘yin ko‘rsataman.

***

Kezi kelganda  yutish har doim ham qo‘lingdan kelmasligini tan olishga to‘g‘ri keladi.

***