Bilasizmi?

Eron futbolchilari O‘zbekiston termasiga yutqazib berishi mumkin

O‘tgan hafta fors matbuotida Eron terma jamoasi futbolchilari mamlakat futbol federatsiyasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘layotgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Eron futbol rahbarlari futbolchilarga va’da qilingan mukofot pullarini berishni kechiktiryapti. Shu munosabat bilan eronlik futbolchilar O‘zbekistonga qarshi o‘yinda atayin mag‘lubiyatga uchrash variantini ham ko‘rib chiqishmoqda. Ya’ni JCh-2018 chiptasining taqdirini keyingi o‘yinlarga qoldirishmoqchi.

Lekin bu gap-so‘zlarga ishonib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi havolanib yoki bamaylixotirlikka berilmasligi kerak. Axir boykot e’lon qilgan jamoani yutish zarur, ular ham maydonga tushishadi-ku baribir.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilangan edi.

Bobur Jalolov