Iyul oyining boshida O‘zbekiston Qozog‘iston banklariga o‘z bozoriga kirish imkoni uchun sharoitlarni yengillashtirdi, bu uzoq vaqtdan buyon o‘z filiali ochishni rejalashtirgan Qozog‘istonning Halyk Bank’iga yo‘l ochdi. Kun.uz shu haqda yozmoqda.
Misol uchun, noyabr oyida bank rahbariyati faol bozorni faol o‘rganish bosqichida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
May oyida bu ma’lumot tasdiqlandi va bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetovaning ta’kidlashicha, hujjatlar to‘plami tayyorlangan, tartibga soluvchi - O‘zbekiston Markaziy banki bilan muvofiqlashtirish talab etiladi.
10 iyulga qadar faqat «A» reytingiga ega bo‘lgan xorijiy banklar O‘zbekistonda litsenziya olishi mumkin edi, ammo yangi kelishuv bilan hamma narsa o‘zgardi, deya yozadi Diplomat Magazine.
«Kelishuv doirasida qozoq banklariga O‘zbekiston hududida transchegaraviy muassasani tashkil etish yoki sotib olish imkoniyati berildi, bunda ular zarur shartlarga javob berishi kerak. Shartlar orasida: bosh bank uchun tenge ekvivalentida ustav kapitali 100 mln yevro miqdorida va transchegaraviy muassasa uchun 100 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi, shuningdek, chet el valyutasida xalqaro miqyosda Standard & Poor’s reyting agentligining „V“dan past bo‘lmagan yoki Fitch Ratings, Moody’s tomonidan berilgan shunday darajadagi uzoq muddatli kredit reytingining mavjudligi», - deyiladi rasmiy matbuot xabarnomasida.
Aynan «B» reytingini olgan Halyk Bank’ning Gruziya va Qirg‘izistonda kichik sho‘’ba korxonalari mavjud.
Qozog‘istonda bank davlat xizmatchilarining ko‘pchiligiga ish haqi to‘lash, pensiya va davlat bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarga javobgar. Qozog‘istonda ishlatiladigan bank kartalarining 40 foizi Halyk Bank logotipiga ega.
«Halyk Group nafaqat Qozog‘iston, balki MDH hududida ham katta o‘rin va ulushga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhmiz. O‘zbekiston bizga qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. O‘zbekistonda sho‘’ba bankni ochishga ruxsat olish uchun hujjatlarni to‘playapmiz», - degandi Shayaxmetova bahorda.
2017 yilda Halyk Bank mamlakatda o‘sha paytdagi eng yirik banklardan biri bo‘lgan «Kazkommersbank»ni sotib oldi, va uni o‘z tarkibiga kiritishga kirishdi.
«Agar Halyk Bank jiddiy sarmoyalar bilan chiqsa, u „Kazkommersbank“ni sotib olganida buni amalga oshirishi mumkinligini isbotlagan, unda bu O‘zbekiston bank sektoridagi muvozanatning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin», - deya yozadi Diplomat Magazine.
Shu bilan birga, O‘zbekiston bozorida qozoq banklarining mavjudligi mamlakatga foydali bo‘lishi mumkin, chunki bank o‘zining ilg‘or tajribasi va yangi pul mablag‘larini olib kelishi mumkin.