Bilasizmi?

Buyuk adib Gabriel Garsia Markesning avlodlarga aytgan oltin qoidalari

Gabriel Garsia Markes — kolumbiyalik afsonaviy yozuvchi, 1982 yilda adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi. U chin ma’noda adabiyot ixlosmandlarini afsona va haqiqat uyg‘unligidagi "sehrli realizm" janri bilan shaydo qila olgan adib. Aytishlaricha, uning ilk hikoyalariga o‘xshash badiiy namunalar shu qadar sayoz bo‘lganki, bunaqa ijodiy ishlarni hatto maktab o‘quvchisi ham yoza olardi.  Gabrielning shaxsiyatiga xos qat’iylik yozuvchini "Lotin Amerikasining avliyosi" degan sharafli nom bilan siyladi. Taniqli adib 2014 yilning 17 aprelida Mexikoda 87 yoshida hayot bilan vidolashdi.

Adib o‘zidan keyingi avlodlariga quyidagi 55 oltin qoidani nasihat qilib ketgan.

Hayot qoidasi

  1. Rahm-shafqat hissiga ega insonga ishoning.
  2. Bajarish mumkinligiga ko‘zingiz yetmasa, biror buyruqni berishga odatlanmang.
  3. Garchi, orzuni yeyish imkonsiz bo‘lsa ham, u qorinni to‘yg‘azadi.
  4. Qancha urinma, eng yaxshisi kutilmaganda sodir bo‘ladi.
  5. Seni tushunishi bo‘lgan yangi odamni uchratishdan umidvor bo‘lishdan avval o‘zing o‘zingni tushunishga ulgur.

O‘zim to‘g‘rimda

  1. Men kimningdir oldida yechib mulozamat ko‘rsatmaslik uchun ham, shlyapa kiymayman.
  2. Oxir-oqibat boshqalar seni kim deb bilishlari kabi bo‘lmaslik imkonsizdir.
  3. Men o‘zimning og‘ir ahvolda ekanimni fahmlagan taqdirimda kimdandir nimadir kutishdan ko‘ra o‘zimni axlat o‘rasiga tashlashni afzal ko‘raman.
  4. Men kutilmagan ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tishga harakat qilaman. Shu bois ham eskalator o‘rniga zinani afzal ko‘raman. Kezi kelsa, samolyotni ham inkor qilaman.
  5. Mendan so‘raganlarga doimo to‘g‘risini aytganman: xiyonatkor go‘zallar menda ularga uylanishim uchun hech qachon yetarli fursat qoldirishmagan.

Baxt to‘g‘risida

  1. Baxtiyorlikdan ham yaxshiroq davolaydigan dori yo‘q.
  2. Kulib yur, baxtsizlikka rohatlanishiga yo‘l qo‘yib berma.
  3. Bildimki, har kim uni chinakam baxtiyorlik yerda kutayotganini hisobga olmasdan, yuksaklikda yashashga intilar ekan.
  4. Oson erishilgan baxtning umri qisqa.

Muhabbat to‘g‘risida

  1. Dunyoni yurgizayotgan baxt og‘ushidagi muhabbat emas, bebaxt yakun topgan muhabbat kuchidir.
  2. Kuchsizlar qat’iy qoidalari mavjud muhabbat qirolligiga hech qachon kira olishmaydi. Bu yerda dilbar ayollar o‘zlarini faqatgina kuchli, qat’iy erkaklarga ishonib topshiradilar. Bunday erkaklar ayollarga ular bir umr suyanishi mumkin bo‘lgan ishonchni hadya qiladilar.
  3. Jamiyat hayotida eng muhim narsa – qo‘rquvni yengish bo‘lgani kabi, hayotdagi juftliklar ham istiqboldagi zerikish ustidan g‘olib kelishlari kerak bo‘ladi.
  4. Baxtsizlikning eng yaramas tomoni shuki, u yolg‘on ishlatishga majbur qiladi.
  5. Agar nimanidir sevsang, uni o‘zingdan ozod qil. Taqdir uni senga yozgan bo‘lsa, oxir-oqibat u yana yoningga qaytadi.
  6. Kimdir seni sen xohlaganing kabi seva olmasa, bu – u seni bor vujudi bilan sevmaydi degani emas.
  7. Hech kim sening ko‘z yoshingga arzimaydi. Kimdir bunga munosib bo‘lganida, u seni yig‘lashga majbur qilmas edi.
  8. Ehtimol, bu duyonda bir odamdirsan. Ammo, unutma — kim uchundir bir olamdirsan.
  9. Vaqtini sen bilan o‘tkazishni istamagan odamga vaqtingni sarf qilma.
  10. Chinakam muhabbat bir hafta, bir oy yoxud bir yil o‘tib ham sendan uzoqlashgisi kelmaydi. Uni shu yo‘l orqali farqlash mumkin.
  11. Rashk – misoli shved gugurti: u faqat o‘z qutisidangina chaqin chiqaradi.
  12. Kimnidir qattiq sog‘inishning eng azoblisi — yoningdagi o‘sha hech qachon seniki bo‘lmasligini his qilishdir.
  13. Faqirlik bor yerda muhabbat ham bo‘ladi.
  14. Odamlar "keksayganim tufayli sevmay qo‘ydim" deb o‘ylashadi. Aslida esa sevmay qo‘yganliklari sabab keksayishadi.
  15. Ayolni nimadir o‘ziga jalb qilsa, bilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Dunyoni ayollar boshqarishi menga kunday ravshan.

Hayot va o‘lim to‘g‘risida

  1. Hayot — o‘tgan emas, esda qolgan kunlardir.
  2. Biz qachonlardir shunday bo‘lgan va ich-ichimizning qayeridadir hanuz yashayotgan bola ovoziga quloq tutishimiz kerak. Modomiki, ichimizdagi bolaning ovozini tinglasak, ko‘z oldimizda tag‘in yorug‘lik barq uradi. Bu bolakay bilan aloqani uzmas ekanmiz, hayot bilan o‘zaro aloqalarimizga ham putur ketmaydi.
  3. Hamma narsa – tirik jon. Faqat uning qalbini uyg‘ota bilish kerak.
  4. Baxtiyor keksalik — bu o‘z yolg‘izliging bilan chiqisha olishdir.
  5. Men shuni angladimki, o‘lmoq — qaytib hech qachon do‘stlar bilan birga bo‘la olmaslik degani ekan.
  6. O‘tmish shodliklarini alam va afsuslarsiz yodga olish — ajib xususiyatdir.
  7. "Qo‘rquv" degan so‘z urush zahmatidagi insonning bor hissini ifodalar ekan, buning uchun yuzlab so‘zlarni isrof qilishning nima kegari bor.

Ijod to‘g‘risida

  1. Adabiyot — odamlarning ustidan kulish uchun o‘ylab topilgan eng yaxshi vaqtichog‘liqdir.
  2. Ilhom mehnat chog‘ida keladi.
  3. Fikrlarning ota-onasi bo‘lmaydi. Ular bizning tepamizda farishtalar misol uchib yurishadi.

Xudo to‘g‘risida

  1. Muhim narsa sening Unga ishonmasliging emas, Xudoning hali ham senga ishonch bildirayotganidir.
  2. Xudosizlar maqsadlariga xudojo‘ylarsiz erisha olmaydilar.
  3. Shaytonga bizni gunohga boshlashdan ko‘ra aqlimizni shoshirib qo‘yish ko‘proq yoqadi.
  4. Garchi, Xudoga ishonmasam ham, Undan qo‘rqaman.

Telbalik to‘g‘risida

  1. Agar da’vo-dalillariga quloq tutganimizda, birorta ham savdoyi-telba qolmas edi.
  2. Sukut saqlagan telbaning kelajagi yaqin.

Vaqt va kutish to‘g‘risida

  1. Taklifni kutgandan ko‘ra, bemavrid bo‘lsa ham, borgan yaxshi.
  2. Uzoq kutishni amallagan odam, yana bir oz kuta oladi.
  3. Hech qachon juda kech emas.
  4. Jarrohlik amaliyotisiz ham yashash mumkindir, biroq vaqt nihoyasiga yetsa, yashash ham imkonsiz.

Do‘stlik to‘g‘risida

  1. Yarashish daqiqalarining qadri jonajon do‘stlik qiymatidan balandroqdir.
  2. Dunyoda endi yo‘q do‘st — eng yaxshi do‘st.
  3. Sening qo‘lingdan tutib, yuragingni his qilgan inson chinakam do‘stingdir.
  4. Senga ozor beruvchi odam doimo topiladi. Odamlarga ishonishda davom etish kerak, faqat oz-moz hushyorlik bilan.
  5. Pul — shayton supurindisi.
  6. Odam o‘lishi kerakligida emas, o‘lishi mumkinligida hayotdan ko‘z yumadi.

Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.