Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Iroq uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun bugungi o‘yin hal qiluvchi ahamityaga ega bo‘ladi.
Bugun 21:30. O‘zbekiston (U-23) – Iroq (U-23)
G‘alaba qozonish orqaligina chorak finalga chiqish imkoniyatini oshirib olamiz. Durang natija qayd etilsa, so‘nggi turda Janubiy Koreya terma jamoasining Iroqni mag‘lub etishini kutish va buning barobarida o‘zimiz ham g‘alaba qozonshimiz shart bo‘ladi.
Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. Uchrashuvni ummonlik Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Guruhdagi yana bir o‘yin 18:30da Janubiy Koreya va Yaman o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Manba:vvv.olamsport.som