Salomatlik

Bryus Lining “ajdaho bayrog‘i” mashqini bajarish yo‘li

Instagramda sport ishqibozlari sahifalarida yoki videolarda yerga yelkasining orqa tarafi bilan tiralib mashq qilayotgan yigitlarni ko‘ramiz. Ularning kuch-quvvati havasimizni qo‘zg‘aydi, albatta. Bu mashq nomi “ajdaho bayrog‘i” deyiladi. Bugun shu mashqni bajarish yo‘lini o‘rgatamiz.

“Ajdaho bayrog‘i” mashqini dongdor aktyor Bryus Li kashf qilgan, deyishadi. Bu, nafaqat, ko‘rimli mashq, balki intensiv mashq sanaladi va butun tanani toblaydi, deb hisoblaydi sport murabbiysi Jon Cheymberg (Jon Chaimberg).

Bu murakkab mashqni o‘rganishingiz uchun o‘rtacha olti hafta vaqtingiz ketadi. Haftasiga 4-5 marta mashg‘ulot o‘tasiz.

Tayyorgarlik mashqlari beshta bo‘lib, avvalo, tosni ko‘tarib aylantirishdan boshlanadi va “ajdaho bayrog‘i”ni egallashingiz bilan tugaydi. Har hafta tanangizga yuklanishni oshirib borasiz.

Takrorlash va mashq urinishlari (podxod) sonini quyidagicha rejalashtirishni tavsiya etamiz:

1-hafta: har birida 10-15 martadan 5 urinish;

2-hafta: har birida 15-25 martadan 5 urinish;

4-hafta: har birida 5 martadan 5 urinish;

5-hafta: har birida 10 martadan 3-5 urinish;

6-hafta: har birida 10 martadan 5 urinish;

Esda tuting! Mashqni bajarayotganda diqqatingizni qorin muskullaringiz, bel va dumbangizga qarating. Tanangiz to‘g‘ri tursin, belingiz qiyshaymasin, ayniqsa, tushayotganda. Mashq chog‘i zo‘riqish yelkangizga emas, umurtqangizning bo‘yinga yaqin sohasiga tushsin. Bo‘yningiz erkin qolsin.

Bryus Liga aylanishingizda omad tilaymiz.

lifehacker.ru sayti asosida tayyorlandi