Bilasizmi?

Bosh prokuratura departamentining nomi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti endi boshqa nom bilan ataladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

«Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rida»gi Prezident farmonida shu nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib qayta tashkil qilindi.