Benjamin Franklinni Amerika davlatining otasi deyishadi. Ismini bilmasangiz ham rasmini ko‘rgansiz – 100 dollarlik kupyuradagi sochi to‘kilgan inson o‘sha bo‘ladi. Ayrimlar uni AQSh prezidenti bo‘lgan deb yanglishadi. U prezident bo‘lmagan, ammo o‘ta yuksak martaba egasi bo‘lishdan tashqari mutafakkir olim, kashfiyotchi, yozuvchi va musiqachi bo‘lgan.
Benjamin ish kunini to‘g‘ri tashkil etish orqasidan katta muvaffaqiyatga erishgan. Keling, uning kun tartibi bilan tanishib chiqing va o‘zingizniki bilan solishtirib ko‘ring (agar kun tartibingiz bo‘lsa).
Benjamin Franklinning 10 o‘giti.
- Lanj tulki uy parrandasini tutolmas.
- Yo‘qotgan vaqtingni qaytarolmaysan.
- Yalqovlikning sust odimi tufayli kambag‘allik uni tezda quvib yetadi.
- Erta turib, erta yotish kishini sog‘lom, boy va dono qiladi
- Mashaqqatsiz muvaffaqiyat bo‘lmas.
- Tirishqoqlik muvaffaqiyatning onasidir.
- Bo‘sh vaqt va dangasalik boshqa-boshqa narsalar.
- Vaqt – puldir.
- Ishlatiladigan kalit zanglamaydi, doim yaraqlab turadi.
- Ishni nazorat qilmaslik – ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday gap.
bismotivation.ru sayti asosida tayyorlandi