Andijon viloyatida chorva narxlari keskin oshib ketgani sababli chorva sotib olish uchun kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi. O‘zbekiston Markaziy banki Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aktam Sayfullayevning payshanba kuni Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga hisob berish vaqtida Gazeta nashriga vaziyat bo‘yicha izoh berdi.
7 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. U aholini tadbirkorlikka jalb qilish yo‘li bilan turmush sharoitlari va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. Hududiy dasturlarni moliyalashtirish uchun Andijon viloyatiga 200 mln dollar ajratildi.
Aktam Sayfullayev so‘zlariga ko‘ra, bugungi kungacha Andijon viloyatining 7200 nafar aholisiga 3 yil muddatga 7 foizlik stavka bilan 150 mlrd so‘m (19,2 mln dollar) miqdorida imtiyozli kredit berildi. Ularning 2500 nafari chorvachilik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.
«Shunday holatni kuzatyapmiz: ko‘pchilik chorvachilik bilan shug‘ullanishni xohlayapti. Ko‘pchilik shu faoliyatni tanladi va shu maqsadda kredit olishga qaror qildi. Maxsus ishchi guruhlari aholi bilan suhbatlar o‘tkazib, tadbirkorlikning noan’anaviy va innovatsion yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi, biroq 50−60 foizi bankka aynan chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun keldi. Banklar rad eta olmadi», — dedi u.
Qarorga ko‘ra, birioy muddatda zotdor chorva, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun maxsus ferma tashkil etilishi lozim edi.
«Mazkur jarayonda yirik fermalarda bu faoliyatni yo‘lga qo‘yilmagani ma’lum bo‘ldi. Andijonda besh-oltita naslchilik fermasi bo‘lib, aholiga sotilganidan so‘ng yirik shoxli chorva narxi o‘sib ketdi. Viloyatda narxning eng baland chegarasi o‘rnatildi — shoxli chorva jonli vaznining 1 kilogrammi uchun 24−25 ming so‘m», — deya izoh berdi MB vakili.
Narxlarning yanada ortishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun banklar chorvachilik uchun imtiyozli kredit berishni to‘xtatdi. «Avvaliga biz aholiga naslchilik chorvalarini sotish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishimiz kerak. Hammasi tashkiliy bo‘lsa, kredit berishni qayta yo‘lga qo‘ya olamiz», — dedi u.
Aktam Sayfullayev aholining bir qismi kreditni «davlatning krediti» deya hisoblab, uni qaytarmasa ham bo‘ladi, degan fikrda ekanini ham tan oldi. «Biz tushuntirish ishlarini olib bordik, aholiga bu imtiyozli kreditlar haqiqatdan ham har bir oila o‘z biznesini boshlashi uchun kerak ekani, biroq uni qaytarish kerakligini tushuntirdik», — dedi u.
Markaziy bank vakili kredit berishda aholi bilan ishlashning yangi tizimi yaratilganini ma’lum qildi. Ishchi guruhlari dastlab fuqarolarning yashash joylaridagi sharoitlarni o‘rganib, keyingina mablag‘ ajratishi mumkin.
«Andijonlik fuqarolardan birining issiqxona tashkil etish uchun 2 sotix yeri bor, biroq 25 mln so‘m (EKIHning 150 barobari) olishni istayapti. Biz bunchalik katta miqdordagi pul nima uchun kerakligini so‘radik. U issiqxona tashkil etishini, keyin esa vaziyatga qarashini aytdi. Aniq rejasi yo‘q. Biz hisob-kitob qilamiz, 2 sotix uchun 9−10 mln so‘m yetarli ekanini tushuntiramiz — ish jarayonini shunday tashkiietamiz», — dedi Aktam Sayfullayev.