Bilasizmi?

1 sentyabrdan Davlat xizmatlari markazlariga yangi xizmatlar qo‘shiladi

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladigan, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni ortishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, tug‘ilganlikni qayd etish, Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish, FXDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma berish, jismoniy shaxslarga STIR berish Davlat xizmatlari yulga ko‘yilmoqda.

Bu davlat xizmatlaridan foydalanishda axoliga qulaylik yaratadi.