Yil boshidan buyon xorijiy valyutaning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbirlar jarayonida 1099 ta qonunbuzilish aniqlandi. Huquqbuzarlardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 1 mln 350 ming AQSh dollari va 3 mlrd 200 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirdi — 20,7 mingta huquqbuzarlik aniqlanib, 1361 ta jinoyat fosh etildi va 1354 ta ma’muriy ish yuritildi.
Xususan, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hisoblangan mablag‘lar va aniqlangan zarar miqdori 525,5 mlrd so‘mni, undirilgani 160,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Byudjetga 303,3 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, 112,4 mlrd so‘mining undirilishi ta’minlandi.