2018 yilning 20 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.
Quyidagilar uchun jarima miqdori bir necha barobar oshirildi:
suv quduqlarining qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzganlik;
ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborganlik yoki shikastlantirganlik;
suv o‘zi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga dori choralarni ko‘rmaganlik;
sifatli yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa ob’yektlarni joylashtirganlik.
Endi u quyidagi miqdorni tashkil etadi:
fuqarolar uchun — EKIHning 2 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari — EKIHning ½ qismidan 1 baravarigacha);
mansabdor shaxslar uchun — EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha (ilgari — EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha).
Shu bilan birga, aniqlashtirilishicha, jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo‘ljallangan quduqlarni qazish qoidalarini va texnologiyasini buzganlik uchun jismoniy shaxslar javobgar bo‘lmaydilar.
Gap shundaki, Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (VMning 27.06.2017 yildagi 430-son qaroriga ilova) 5-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun chuqurligi kamida 25 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ulash uchun va sutkasiga ko‘pi bilan 5 metr kub hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun individual olishga qaratilganda Davlat geologiya qo‘mitasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Tegishincha ularga ruxsatnomaga ilova qilinadigan burg‘ulash uchun talablar va shartlarga rioya etish bo‘yicha majburiyatlar berilmaydi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish qismida (MJTKning 74-moddasi 4 va 5-qismlari).
Shuningdek yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzganlik, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olganlik uchun jarima bir necha marotaba oshirildi («Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida nizom, Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomga qarang).
Ushbu huquqbuzarliklar alohida qismga ajratildi. Ular uchun quyidagi jarima solinadi:
huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda; huquqbuzarlik jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda:
fuqarolar uchun:
EKIHning 2 baravaridan 5 baravarigacha
(ilgari — EKIHning 1 baravaridan 2 baravarigacha)
EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha
(ilgari — EKIHning 2 baravaridan 6 baravarigacha).
mansabdor shaxslar uchun:
EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha
(ilgari — EKIHning 2 baravaridan 6 baravarigacha)
EKIHning 7 baravaridan 10 baravarigacha
(ilgari — EKIHning 6 baravaridan 14 baravarigacha)
Hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida 2018 yilning 21 iyulida e’lon qilingan, ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan.