“Mercer” kompaniyasi tahlilchilari xorijlik fuqarolar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini tuzishdi, deb yozadi Qalampir.uz. Mutaxassislar dunyodagi 209 ta shaharni o‘rganib chiqishgan. Birinchi o‘rinni Gonkong shahri egallagan.
Gonkongda ikki kishilik apartament 7600 dollarga tushadi. Bir finjon kofe 7,74 dollar va bir litr sut 3,78 dollar turadi.
Ikkinchi o‘ringa Tokio, uchinchi o‘ringa Syurix loyiq topilgan. MDH davlatlaridagi shaharlardan Moskva 17-o‘rindan joy olgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi shaharlardan Ashxobod 43-o‘rinda, undan ancha pastda, 187-o‘rinda Olma-ota shahri va 207-o‘rinda Bishkek shahri joy olgan.
Reytingga O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ham kiritilgan. Toshkent ushbu reytingda 209- o‘rindan joy olgan.