Bilasizmi?

Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xorijiy valyuta miqdori ma’lum qilindi

Yanvar-iyunda jismoniy shaxslar qabul qilib olgan xalqaro pul jo‘natmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki.

Mazkur mablag‘larning 600 mln dollari naqd xorijiy valyutada yuborilgan bo‘lsa, 1,1 mlrd dollari yoki 39 foizi — transfertga taalluqli.

O‘zbekistondan pul jo‘natmalari birinchi yarimlikda 401,1 mln dollarni tashkil etdi.

Yarim yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston transchegaraviy pul o‘tkazmalarini, jumladan Rossiya (1,7 mlrd dollar olindi, 201,2 mln dollar yuborildi), Qozog‘iston (136,2 mln dollar olindi, 32,4 mln dollar yuborildi), Turkiya (102,6 mln dollar yuborildi, 47,6 mln dollar olindi), Janubiy Koreya (47,1 mln dollar yuborildi, 4,7 mln dollar olindi) va Isroil (25,5 mln dollar yuborildi, 2 mln dollar olindi) amalga oshirdi.

Jismoniy shaxslarning xorijdan amalga oshirgan transfert o‘tkazmalari hisobiga birinchi yarim yillikda ikkilamchi daromadlar saldosi 552,7 mln dollarga yetdi.