Bilasizmi?

Yangi yil oldidan bozorlarda narx-navo qanday?

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etmoqda. Bu haqda UZ24 xabar qilmoqda.

Bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 16 dekabr holatidagi narxlari quyidagicha:

Un

1 500 so‘mdan 4 500 so‘mgacha 

Eng arzon narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida o‘tkan haftadagi narx saqlanib qolgan – 1 kg. 1-navli un 1 500 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Andijon viloyatidagi Yangi shahar bozori –  4 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha. 

Makaron

2 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Nukus shahar markaziy bozorida 2 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Toshkent shahridagi Chorsu dehqon bozorida 4 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Shakar

4 400 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 

Eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 5 000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha. 

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozorida 4 400 so‘mdan 4 700 so‘mgacha.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida 8 000 so‘mdan 10 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 10 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha

Aksariyat bozorlarda sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda. 

Eng qimmat narx Guliston shahri markaziy dehqon bozorida – 2 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha.

Tuxum

450 so‘mdan 750 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-750 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Mol go‘shti

26 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Termiz markaziy bozorida 26 000 so‘mdan 34 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida 28 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha 

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Farhod” bozorida 1 kg. qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida 1 kg. qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha. 

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Urganch shahar markaziy bozorida 12 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Nukus shahar markaziy dehqon bozori va Jizzax shahar markaziy dehqon bozorida 18 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha.

Guruch

3 500 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozorida 3 500 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Guliston shahar markaziy dehqon bozorida 8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha.

Kartoshka

1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Chorsu dehqon bozorida 1 100 so‘mdan 2 000 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida 2 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha. 

Piyoz

500 so‘mdan 1 800 so‘mgacha 

Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida 500 so‘mdan 1 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Urganch shahar markaziy dehqon bozorida 1 000 so‘mdan 1 800 so‘mgacha. 

Sabzi

800 so‘mdan 2 700 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozorida 800 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida 2 000 so‘mdan 2 700 so‘mgacha.

Pomidor

3 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozorida 3 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Navoiy shahridagi “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozorida 5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.

Bodring

4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida 4 000 so‘mdan 6 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 16 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha.